«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Real» hujumchisi Alvaro Moratani jamoasi tarkibiga o'tishga ko'ndirolmaganini aytdi.
«Yaxshi futbolchilarni jamoaga taklif qilib, keyin zaxira o'rnidig'ida qoldiradigan bo'lsak, ularni transferga ko'ndirish qiyin bo'ladi. Moratani taklif qilganimda, u: «Nega men bilan qiziqyapsan, axir senda Harri Keyn borku?» - deb aytdi» - dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Keyn APL so'nggi ikki mavsumida 25 va 29 gol urib, eng yaxshi to'purar bo'lgan edi. Morata esa yaqinda "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi.