27 oktyabr kuni Menxengladbaxning «Borussiya» va Madridning «Real» jamoalari o'rtasidagi Chempionlar ligasi bahsida 2:2 hisobi qayd etildi.
Madridliklarning gollaridan biri hujumchi Karim Benzema hisobiga yozildi. «Borussiya» frantsiyalik futbolchi faoliyatidagi EChL doirasida gol urgan 30-klub bo'ldi.
Bu orqali Benzema Lionel Messi, Raul va Krishtianu Ronaldudan keyin EChL musobaqasida 30 va undan ortiq jamoa darvozasini ishg'ol qilgan to'rtinchi futbolchiga aylandi.