EChLning ikkinchi turida Donetskning "Shaxtyor" klubi Italiyaning "Inter" klubini qabul qildi.
O'tgan turda Madridda aralash tarkib bilan "Real"ni yutib kelgan "konchilar" bu turda to'liq tarkib bilan harakat qilgan bo'lishiga qaramay, "Inter"ning qarshiligini sindira olmadi - 0:0.
"Shaxter" - "Inter" - 0:0
"Shaxter": Trubin, Dodo, Bondar, Xocholava (Matvienko, 62), Kornienko, Markos Antonio, Solomon, Tete, Maykon, Dentino (Tayson, 15), Marlos.
"Inter": Xandanovich, Xakimi, Bastoni, de Vrey, Yang (Pinamonti, 85), Barella, Vidal (Eriksen, 79), Brozovich, D`Ambrozio (Darmian, 80), Martines (Perishich, 72), Lukaku.
Keyingi turni "Inter" 3 noyabr kuni "Real"ga qarshi o'tkazsa, "Shaxtyor" Menxengladbaxning "Borussiya" klubi mehmoni bo'ladi.