"Ramos va Langle borasidagi vaziyat haqida hakamlar gapirgan gaplari audioyozuvlari bor. Biz VAR ishlash kriteriyalarini tushuntirib berishlari borasida so'rov yubordik. O'z qiziqish doiramizning kengaytirishni istaymiz. Bizda arbitrlarning gapirgan gaplari bor ekan, bosh hakam nima sababdan shunday qarorga kelganini tushunib olishimiz shart.
Ha, bu oddiy, normal holatdagi gaplar. Ammo ular ertaga nima uchun bunday deganini tushuntirib berishi kerak. O'yindan o'yinga videotakrorlardan foydalanish kriteriyalari o'zgarib ketmoqda. Bu texnologiya adolatni futbolga olib kiradi deyishgandi. Lekin o'sha penalti adolatsiz qaror deb hisoblayman. O'shanda "Barselona" yaxshi o'ynayotgandi va bu ruxiy holatga jiddiy tasir ko'rsatdi", - dedi Bartomeu.