“ “El Klasiko”dagi o'yinimizdani “Borussiya”ga qarshi bahsda ham ko'rsatishimiz kerak. Yaxshi o'ynadik, jamoa sifatida kurashdik. Eng asosiysi navbatdagi bahsda ham shu ishni qilishga harakat qilamiz. Aynan shu ishni takrorlash bizga kerak. ECHL 2-turidan oldin yuzaga kelgan holatni bilamiz. Biz diqqatni butun 90 daqiqa davomida saqlab qolishimiz, kurashishimiz lozim. Qiyin o'yin bo'ladi. Maydonda qilayotgan ishlarimizga diqqatli bo'lishimiz shart”, — deydi Zidan.