Braziliyalik yarimhimoyachi Kaka MLS terma jamoasi safida "Real"ga qarshi to'p suradi.
Ma'lumki, u 2009-2013 yillarda madridliklar safida to'p surgan edi. Futbolchi sobiq jamoasiga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini aytdi.
«Bu men uchun ahamiyatli voqea. Birinchi marta "Real"ga qarshi o'ynayman. Kecha mashg'ulotlarda "Real" futbolchilari bilan gaplashdim. Ular orasida do'stlarim ko'p.
"Real" mavsumni zo'r o'tkazdi, Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g'alaba qozondi. Ikkinchi mavsum ishlayotgan Zayniddin Zidan uchun bu katta yutuq. Ularni g'alabalar bilan tabriklayman" - dedi Kaka Marca xabarida.
MLS va "Real" o'rtasidagi o'yin 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 6:00da boshlanadi.