«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi bahsi oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ertaga «el-klasiko»da bo'lganidek harakat qilishimiz kerak. Biz ajoyib o'ynadik, jamoa sifatida kurashdik va eng muhimi — ertaga ham shunday o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.
EChLning 2-turi oldidan biz vaziyatni yaxshi bilamiz. Biz 90 daqiqa davomida kontsentratsiyani saqlab qolgan holda kurashishimiz va jang qilishimiz kerak. Qiyin bahs bo'ladi. O'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz lozim», — dedi Zidan.
«Borussiya» — «Real» uchrashuvi 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.