«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarim himoyachisi Iskoning etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun norozi bo'lib aytgan fikrlariga munosabat bildirdi.
«Bu futbolchining ambitsiyasi. U o'ynashni istaydi. Bu yaxshi. Futbolchilar hamisha o'ynashni istashadi. Ular maydonga chiqishga tayyor bo'lib turishlari kerak. Navbati kelganda o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Bu jamoada hamisha shunday bo'lib kelishgan», – dedi Zidan.