Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yinda belgilangan bahsli penalti borasida mojaro hamon tinmayapti.
"Diario Sport" xabar tarqatishicha, VAR tizimida ishlagan mutaxassis bosh hakam Xuan Martines Munueraga penalti belgilamaslikni maslahat bergan.
Videoyordamchi hakam Munueraga ro'y bergan vaziyatda Ramos birinchi bo'lib Langlega nisbatan o'yin qoidasini buzganini ma'lum qilgan. Ammo referi uning gapiga quloq solmasdan "Barselona" darvozasiga penalti belgiladi.
"Barsa" esa Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga hakam ustidan shikoyat yuborib, penalti belgilangan vaziyatda hakamlar o'rtasidagi suhbat audio yozuvini talab qildi. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyatining taxminicha, Karlos Velasko Karbalo hakamlar departamenti tomonidan klubga qarshi kampaniya olib borilmoqda.