«Real»ning yana bir himoyachisi jarohat oldi. Gap Nacho haqida ketmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, u to'rt haftaga safdan chiqqan.
Eslatib o'tamiz, «Madrid»ning o'ng qanot himoyachilari Dani Karvaxal va Alvaro Odriosola avvalroq jarohat olishgan edi. Shu bois, "Barselona"ga qarshi o'yinda Nacho o'ng qanotda harakat qilgan edi.
Zidan, katta ehtimol bilan, keyingi o'yinlarda o'ng qanot himoyasida Lukas Vaskesning xizmatidan foydalanadi.