«Real» klubi hujumchisi Garet Beyl madridliklarning «Soljer Fild» stadionidagi mashg'ulotlarida oxirigacha harakat qilolmadi.
Uelslik futbolchi jarohat olganligidan xavfsiragan va mashg'ulotlarni erta yakunlagan.
Xabar qilinishicha Beyl kiyinish xonasiga yo'l olar ekan, «Real» xodimlariga to'pig'ini ko'rsatgan. Shu bilan bir qatorda futbolchi asabiy ko'rinmagan va katta ehtimol bilan mashg'ulotlarni ehtiyotkorlik yuzasidan tark etgan.
Eslatib o'tamiz, Beyl to'pig'idagi jarohat tufayli o'tgan mavsumning deyarli yarmida maydonga tusha olmagandi.