«Real» rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan yangi shartnoma borasida muzokarani davom ettirmoqda.
«Real» siyosatiga ko'ra, klub 30dan oshgan futbolchiga bir yildan ortiq shartnoma taklif qilmaydi. Futbolchi esa maoshi biroz oshirilgan holda ikki yillik shartnoma talab qilmoqda.
Shunga qaramay, "Qirollik klubi" Ramos bilan kelishuvga erishishiga ishonmoqda. Serxioning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. 34 yoshli futbolchi boshqa jamoa bilan muzokara boshlashi mumkinligidan jamoa xavotir olmayapti.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos 2005 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.