«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining Instagramdagi sahifasiga sirli surat joyladi. Suratning markazida o'z rasmi joylangan bo'lib, atrofidan nur sochib turgan holatni aks ettirgan.
«Mening yog'dum odamlarni bezovta qiladi. Zararkunandalar esa faqat chiroqlarga borib uriladi», — deya yozdi Ronaldu «Instagram»da.
Ronaldu kuni kecha katta miqdorda soliqlarni to'lamaganlik aybi yuzasidan sudda ko'rsatma berdi. Shundan so'ng u Instgagramda yuqoridagi xabarni qoldirdi. Ispaniya prokuraturasi futbolchini qiyofa huquqlarini sotishdan olgan daromadlarini soliqdan yashirganlikda ayblayotgan bo'lsa, Krishtianu o'zining aybsiz ekanini ta'kidladi.