Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing oldindagi o'yinlarini tribunada kuzatishi mumkin. Ispaniya futbol federatsiyasi niderlandiyalik mutaxassisning fikrlarini muhokama qilishni boshladi.
Kuman «Real» klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin VAR tizimini keskin tanqid ostiga olgandi. Uning fikricha, VARda o'tirganlarning qarori "Barselona" zarariga qabul qilinmoqda.
Niderlandiyalik murabbiyi 4 o'yindan 12 o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi xavfi ostida turibdi.