Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos Kleman Lengle bilan to'p kurashdagi vaziyatda "Barselona" darvozasiga belgilangan penalti haqqoniy ekanini aytib o'tdi.
"Bu - adolatli qaror bo'ldi deb o'ylayman. Langle o'sha vaziyatda sakrayotganimda mening kiyimimdan tortdi. Hakam bunday aniq penaltini belgilagani uchun hech qanday e'tirozga loyiq emas", - Ramosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.