Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida «Barselona» va «Real» klublari «Kamp Nou»da to'qnash kelishmoqda. Birinchi bo'limning 5-daqiqasida Valverde hisobni ochgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib Ansu Fati hisobni tenglashtirdi.
31 oktyabr kuni 18 yoshga to'ladigan Fati (17 yoshu 359 kunlik) "el-klasiko" tarixida gol muallifiga aylangan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu orqali Ansuman "Real"ning sobiq hujumchisi Raulning natijasini yangiladi. Gonsales 1995 yilda — 18 yoshu 95 kunlik paytida "Barsa" darvozasini ishg'ol qilgan edi.