Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "El Klasiko" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ertami-kechmi ularning o'ziga hos ritmi bo'ladi va har ikki jamoa ketma-ket har bir o'yinda g'alaba qozonib, Jahon futbolidagi odatiy pozitsiyasini egallaydi.
Kumanga "Barselona"ni to'liq o'zlashtirish uchun vaqt kerak. U erda oddiy jamoa emas, lekin u uddalaydi. Umuman olganda, hozir ikki klub ham inqirozga yuz tutgan.
Mendan qaysi jamoaga muxlislik qilishimni so'ramaganingiz ma'qul. Bu aniq! Afsuski, pandemiya sababli «El-Klasiko»ni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyura olmayman. Odatda, bunday uchrashuvlarni o'tkazib yubormasdim», — dedi Xosep Gvardiola.