"Real" muxlislari uchun yaxshi xabar. "Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi "Kadis"ga qarshi bahsda raqib futbolchisi Lozano bilan to'qnashib ketishi oqibatida tizzasidan jarohat olgan edi. Oqibatda u "Shaxtyor"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinni o'tkazib yubordi.
Ramos payshanba kuni individual ravishda shug'ullandi. Shunga qaramay, u "Kamp Nou"da o'tadigan "klasiko"da maydonga tushishga tayyor bo'ladi.