"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl bugungi mashg'ulotlarni oxirigacha yakunlay olmadi.
Shifokorlarning tekshiruviga ko'ra Beyl to'pig'idan jarohat olganligi aniqlandi. 11-raqam egasi shu sababli darxol mashg'ulotlar maydonini tark etishga majbur bo'ldi. Endilikda Beylning MLS yulduzlariga qarshi o'rtoqlik o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.