PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Madridning "Real" klubiga qo'yib yubormoqchi emas. Parijliklar frantsiyalik forvard bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano yozmoqda.
Ma'lumot uchun, Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljalangan. Parij klubi rahbariyati Kilianga moliyaviy tomonlama ancha qulay bo'lgan shartnoma tayyorlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Mbappe xizmatiga shuningdek, "Liverpul" klubi ham qiziqish bildirmoqda.