Ispaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan «Barselona» va «Real» jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradigan hakam nomi aniq bo'ldi.
"El-klasiko" Xuan Martines Munuera boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirildi. VARda esa Xose Mariya Sanches Martines ishlaydi.
Bu Munuero faoliyatidagi ilk "klasiko" bo'ladi. Shu paytgacha u «Real» ishtirokidagi 24ta o'yinda ishlagan – 15 g'alaba, 5 durang va 4 mag'lubiyat.
Ushbu referi «Barselona» ishtirokidagi 21ta o'yinni boshqargan – 15 g'alaba, 3 durang, 3 mag'lubiyat.
"Barselona" - "Real" o'yini 24 oktyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.