“Real” hujumchi Luka Yovichga 6 oylik qamoq jazosi xavf solmoqda. 22 yoshli hujumchi Serbiyada karantin qoidlarini buzganlikda ayblangan. U mart oyida Ispaniyadan Serbiyaga borgan edi. Bu borada ayni damda tergov ishlari ketmoqda.
O'tgan yili 60 million evro evaziga “Ayntraxt F”dan xarid qilingan Luka Yovich joriy mavsum “Real” safida barcha musobaqalar doirasida 4 ta o'yinda qatnashib, bitta ham gol urmadi.