Madridning "Real" klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon La Liganing 6-tur doirasida "Kadis" (0:1) va EChLning 1-tur doirasida Ukrainaning "Shaxtyor" (2:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyatlar haqida fikr bildirdi.
"Real" ahmoqlarcha Ronalduning sotib yuborganidan so'ng, hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi olish kerak edi. Shuningdek, boshqa pozitsiyaga ham yangi o'yinchilarni jalb qilish kerak edi. Lekin, klubning xazinasi shunchaki bo'sh emas, aksincha, millardlab qarzi bor.
"Real" - yozda yangi futbolchi bilan shartnoma imzolamagan yagona klub. Endi esa mana shu xato uchun jabr chekishiga to'g'ri kelyapti. "Shaxtyor"ga qarshi o'yin juda yomon bo'ldi, futbolchilar juda ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. Bitta futbolchini ayblash noto'g'ri, chunki xatolar juda ko'p bo'ldi. Ronaldusiz esa gol uradigan odam yo'q", - dedi Kalderon AS nashriga.