«Real» La liga doirasida «Kadis»ga qarshi o'yin (0:1) va Chempionlar ligasi doirasida «Shaxtyor»ga qarshi bahsdagi (2:3) mag'lubiyatlardan so'ng rahbariyat yangi murabbiy haqida o'ylay boshladi.
Hozir "Qirollik klubi" Zayniddin Zidanning o'rniga 2ta nomzodni ko'rib chiqmoqda. Ulardan biri «Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo'lsa, ikkinchisi «Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda "Kastilya"ni boshqarayotgan Raul.
«Real» prezidenti Florentino Peres Raul nomzodiga moyillik bildirayotgan bo'lsa, rahbariyatining boshqa a'zolari 43 yoshli murabbiy hali katta klubni boshqarishga tayyor emas deb hisoblamoqda.
Pochettino esa ancha vaqtdan buyon ishsiz yuribdi va murabbiylikka qaytishga tayyor. Bu erda muammo shundan iboratki, argentinalik mutaxassis klub tizimidan chiqmagan. Boz ustiga, u uzoq muddatli shartnoma talab qilishi mumkin.