“Krishtianu ahmoqona tarzda sotilganidan keyin, “Real” u harakat qiladigan va boshqa poziciyalarni kuchaytirishi lozim edi, ammo achinarli haqiqat shuki, hozirda klub nafaqat bo'sh g'aznaga, balki milliard evrolik qarzlarga ham ega.
“Real” – bu yozda biror bir futbolchi bilan shartnoma imzolamagan Evropaning yagona grand klubidir. Oxir oqibatda ular bunga tovon to'lashadi. “SHaxtyor"ga qarshi o'yin yomon o'tdi, ko'plab xatolarga yo'l qo'yildi, ammo buning uchun kimnidir ayblash mumkin emas, aynan yuqoridagi voqealar zanjiri bunga sabab bo'ldi. Ronaldu kulgili tarzda sotib yuborildi, uning o'rnida esa gol uradigan hech kim yo'q”, deydi madridliklar sobiq rahbari.