Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Serxio Ramos shanba kuni La Liga doirasida «Barselona» klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi haqida Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ramos haligacha jamoadoshlaridan alohida tartibda mashg'ulotlarda qatnashmoqda. «Barselona»ga qarshi o'yin esa 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Serxio «Kadis»ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. U kecha EChL doirasida «Shaxtyor» klubiga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborgandi.