As xabariga ko'ra, rahbariyatning bunday qaroriga klub mavsumni bo'sh boshlagani, "Kadis" (0:1) va "SHaxtyora"dan (2:3) qabul qilib olingan mag'lubiyatlar sabab bo'lgan.
Ayni paytda Zinedin Zidanning o'rniga 2 ta nomzod ko'rib chiqilyapti – "Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino hamda "qirollik klubi" afsonasi Raul (Madrid klubining yoshlar jamoasi bosh murabbiyi).
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoani boshqarish uchun ideal variant sifatida Raulni ko'rsatyapti. Biroq, qolgan mutasaddilar 43 yoshli mutaxassis bu lavozim uchun tayyor ekaniga shubha qilmoqda.
Pochettino esa anchadan buyon jamoasiz va ishga qaytishni juda xohlayapti. Argentinalik murabbiy variantining "Real"ga yoqmaydigan tomoni shundaki, u uzoq muddatlik shartnoma tuzishni istaydi, shuningdek, "qirollik klubi" tizimiga mos tushmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real" keyingi o'yinini 24 oktyabrda "Barselona"ga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.