Zidan «Barselona»ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi (intervyu)
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Shaxtyor» va «Kadis»dan uchralgan mag'lubiyat haqida atroflicha fikr almashdi. «Qirollik klubi» afsonasi va murabbiy jamoaning kelajag rejalari haqida qisqacha bayonot berdi.
- «Shaxtyor» bilan o'yindagi birinchi bo'lim sizning murabbiylik faoliyatingizda eng yomoni bo'ldi.
- Gapingizga qo'shilaman. Juda ko'plab faktorlar o'z so'zini aytdi va biz juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Bizga ishonch va boshqa xislatlar birinchi bo'limda etishmadi. Shu o'rinda, futbolchilarim ikkinchi bo'limda qaytishgani va vaziyatni o'nglashganida xursandman. Ular o'yin suratini umuman boshqa tomonga burib yuborishdi. Biz juda yomon o'yin o'tkazganimiz uchun mag'lubiyatga uchradik. Murabbiy sifatida barcha ayblarni bo'ynimga olaman. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun yangi qarorlar qabul qilishimizga to'g'ri keladi.
- «Kadis» va «Shaxtyor»dan qabul qilib olingan mag'lubiyatlar zanjirdagi halqalarmi?
- Menimcha shunday. Juda og'ir va biz uchun alamli mag'lubiyatlar bo'ldi. Mag'lubiyatdan so'ng, og'ir kecha bizni kutib turibdi. Shunday bo'lsada, ertaga yana tong otadi. Shanba (Ispaniya vaqti bilan) kuni bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Shu bois, bor e'tiborimizni o'sha bahsga qaratamiz. «Barselona» bilan o'yin biz uchun juda muhim.
- Sizning jamoangizga birinchi bo'limda nima etishmadi? Mas'uliyatmi yoki g'alabaga bo'lgan xohishmi?
- Deyarli barchasi etishmadi. Birinchi xatoning o'zida gol qabul qilib oldik. Ortidan o'yin raqib foydasiga o'tib ketdi va gollarni darvozamizdan joy olishni boshladi. Ko'plab aspektlarda bo'sh o'yin ko'rsatdik, ammo o'z kuchiga bo'lgan ishonch yo'qligi pand berdi. Bu futbolda juda muhim faktor.
- Qizig'i shundaki, «Real» ketma-ket mag'lubiyatga uchramoqda. Buning zamirida kuchli charchoq bormi? Siz bu vaziyatga qanday echim topasiz?
- Birinchi navbatda o'zimga ishonaman va echim topishimga ko'zim etadi. Shuningdek, futbolchilar ham bu vaziyatdan chiqib ketish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi degan umiddaman. «Shaxtyor»dan uchralgan mag'lubiyat hech qanday rejalarimizni o'zgarmadi. Biz o'sishda va oldinga qadam tashlashda davom etamiz. Biz mavsumni 3 ta g'alaba va bitta durang bilan boshladik. Keyin esa, mag'lubiyatlar sodir bo'ldi. Bu qo'limizni pastga tushirib olishimiz uchun sabab bo'lmaydi. Oldinga qadam tashlashda davom etamiz.
- «Kadis» bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng, siz : «shogirdlarim intensivlikda va pressing qilishda sust harakat qildi»,-degan edingiz. Bugungi o'yinda ham deyarli o'sha manzaraga guvoh bo'ldi. So'zlaringiz futbolchilarga etib bormayaptimi?
- Men juda yomon o'yin o'tkazganimizni tan olaman va barcha ayblarni o'z zimmamga olaman. Murabbiy sifatida bu mening aybim. Birinchi bo'lib to'liq negativ! Bunda ham mening aybim! Barcha norozi, ammo bu chekinishimiz lozim degani emas.
- Tan oling, «Real» futbolchilarida g'alabaga bo'lgan istak va xohish umuman ko'rinmay qoldi.
- Asli yo'q. Men bunday deb o'ylamayman. Ilk daqiqalarda biz yaxshi harakat qildik. O'tkazilgan gollardan so'ng, o'zimizga bo'lgan ishonch to'liq yo'qoldi. Bu futbol, unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bunday qiyin vaziyatlar yaqin o'tmishda ham bo'lgan edi.
- «Barselona» EChLda raqibi darvozasiga bir nechta gol kiritdi. Demak, yaqinlashib kelayotgan «el-klasiko»da «Real» darvozasi bir necha bor ishg'ol qilishini mumkin?!
- Yo'q, yo'q. «Barselona»ga qarshi o'yinga qadar bizda bir necha kun vaqt mavjud. Shu bois, o'yinga to'liq tayyor bo'lish uchun kerakli barcha ishlarni amalga oshiramiz. Bugungi yomon o'yinni muxlislarimiz unutib yuborishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz.
Men uchun ham bu mag'lubiyat kutilmagan natija bo'ldi. Biz doimo g'alaba qozonishni istaymiz, shu bois odimlashda davom etishimiz lozim. Bulutli kun yakunlangach, ertasiga albatta quyosh chiqadi. Jamoamga to'liq ishonaman.