Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" bir qadam ortga chekinmoqda, oldinga ikki qadam tashlash uchun

Aytishlaricha, bugungi "Real" oddiy klublarga ham yutqazishga o'rganib qolibdi.

.
- Yuklab olish

Mana misol, Yan Oblak 4ta gol o'tkazib yubordi — bugundan u endi dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri emas-mi? Axir u bir o'yinda 4 (!) ta gol qo'yib yubordi. Albatta, unday emas. Sloveniyalik posbonni jamoasida ko'rishni istagan klublar ECHL 1-tur o'yinidan keyin keskin kamayib qolganiga ishonish qiyin. Gapimiz avvalidagi jumla yozilgan maqolani o'qirkanmiz, savol tug'ildi — futbol tarixidagi eng kuchli jamoalar ham kimlargadir yutqazgan-ku?! Unda ular qanday qilib, tarixda qolishgan? Bu — futbol, maydon tekis, to'p yumaloq — har holda Evropaning aksar maydonlarida. SHunchaki, kuchli jamoalar mag'lubiyatdan keyin qayta "oyoqqa tura oladilar" va muhim pallada g'alabani begona qilmaydilar. P.S: CSKA "Santyago Bernabeu"da "Real"ni taslim etgan o'sha 2018/19-yilgi mavsumda ham "qaymoqranglilar" guruhdan chiqishgandi! 

Undan bir yil avval ham guruh bosqichi 4-turida "Real Madrid" "Tottenxem"ga yutqazib qo'ygan, ammo yakunda aynan madridliklar bosh sovrinni qo'lga kiritganlari ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Yani guruh bosqichida istalgan jamoa 1-2 xatoga haqqi bo'ladi va shu bilan musobaqa tamom degani emas. Ustiga-ustak, guruhning ikkinchi uchrashuvida raqiblar durang o'ynasa...

Keling, yaxshisi, inqiroz davrida deyilgan "Real"ning ishlariga etibor qaratsak.

Eden Azar haqida

Eden Azar yo'qolib qolgani yo'q, bizdagi malumotlarga ko'ra, u Madridda, tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda :) Ketma-ket jarohatlar mana-man deganlar futbolchilarni ham jim qilib qo'ygan. Bir yildan ko'proq vaqtning 200 kundan ko'prog'ida jarohat bilan band bo'lsa, Krishtianu, Lionel uyoqda tursin, vallomati ham hech nima qilolmasdi. Futbolchi nima sababdan jarohat olayotgani esa boshqa masala. Agar u maydonda harakat qilib, jamoasi uchun hech narsa qilib berolmasa, istagancha tanqid qilsa arzirdi.     

Klubning transfer siyosati

Hamkasbimiz bir qator futbolchilarni, jumladan, Asensio, Braim Dias, Sebalos, Teo Ernandes, Lunin, Vinisius, Rodrigo, Odriosola, Kubo va Reynerni alohida tilga olib, ushbu iqtidor sohiblarining "Madrid"dagi ishi yurishmaganiga etibor qaratgan. Ammo... Vaziyatga yanada chuqurroq nazar tashlasak, Asensio yuqori salohiyatga ega futbolchi ekanligini "Barselona" muxlislari ham tasdiqlashadi. Ispaniyalik futbolchini hozircha shunchaki jarohatlar tinch qo'ymayapti. Reyner hali amalda "Madrid"dagi missiyasini boshlagani ham yo'q. So'nggi yillarda o'rganib ulgurganimiz, "Qirollik klubi" yosh iqtidorlarni ertaroq topib, ijara (qaytib sotib olish huquqi bilan sotish evazi)ga ularni o'yin amaliyoti bilan taminlamoqda va Reynerning Ispaniya poytaxtidagi vaqti hali keladigandek. Braim Dias va Kuboda ham shunga o'xshash vaziyat. Yaponiyalik yosh futbolchi bevosita La Ligada tajriba orttirmoqda va yaqin yillarda poytaxtga qaytishi rejalashtirilgan. Braim Dias esa hozirda A Seriya etakchisi "Milan" tarkibida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Eslatib o'tamiz, u ham ijarada! Dani Karvaxal yoki Martin Edegor bunga yorqin misol bo'la oladi. Biri bevosita Germaniyada, ikkinchisi Ispaniyada "Real"ga qaytishga loyiqligini isbotlay olgandi. 

Andrey Lunin — Ukraina terma jamoasiga, agar u ikki pulga arzimasa, zaxirada o'tirgan posbonni chaqirishmasa kerak. Agar tarkibda ancha ishonchli o'yin ko'rsatayotgan Kurtua bo'lmaganida, Luninni ham maydonda ko'proq ko'rardik. Sebalos faqatgina Zidanga kerak bo'lmagani uchun Londonda. To'g'ri, "Real" oxirgi yillarda transfer siyosatini o'zgartirgan, avvallari "qaymoqranglilar" tayyor top-yulduzlarni xarid qilardi, hozir esa o'sha jahon yulduzlarini hali 20ga kirmay topishga urinmoqda.  

Zidandan Peresga "salom"?!

SHuningdek, Zinedin Zidan ushbu transfer oynasida umuman futbolchi sotib olmaslik tarafdori bo'lmagan. Nega deysizmi? Zidan allaqachon tarkibida Mbappeni ko'rishni istashini malum qilgan. Bundan tashqari, himoyaga Upamekano, Kazemiroga o'rinbosar sifatida Eduardu Kamavinga, hujumkor yarim himoyachi Fabian Ruis ("Napoli") va Ussem Auar ("Lion")ni Madridga olib kelishni so'ragan, lekin bazi sabablarga ko'ra ularning hech biri xarid qilinmadi. 

Ispaniya chempionati doirasida barcha ishtirokchilar ichida birinchi bo'lib, "Real Madrid" (Zinedin Zidan) tarkibda bir yo'la 4 nafar 2000 yil va undan keyin tavallud topgan futbolchilarni "jangga tashlagani"ning ham o'ziga xos manosi bordek. Zizu bu harakati bilan klub rahbariyati va bevosita Flo Peresga — Ana, ko'ring, bekorga qozonda bori cho'michga chiqadi demagan o'zbeklar degandek tuyuldi. Darvoqe, o'sha kuni maktabni endi tamomlagan 4 nafar yigit maydonda harakat qilayotganini Luka Yovich zaxira o'rindig'idan tomosha qildi. CHamamda Zidan pandemiya sabab shunday bo'ldi deb sabr qildi va keyingi yozni intiqlik bilan kutadi. 

Har bir murabbiy kabi Zizuning ham o'z uslubi, qarashlari bor. U kimgadir yoqadi, kimgadir esa unchalik xush kelmaydi. ECHL tarixida ketma-ket bosh sovrinni qo'lga kiritgan yagona murabbiyning "erkaligini" ham malum vaqtgacha ko'tariladi. G'oliblar tanqid qilinmaydi deyishganidek, ECHLdagi omadli mavsumlardan keyin Zizu ikkinchi qaytishida ham La Ligada zafar quchdi. Koronavirus sabab to'xtab qolgan chempionat restartidan keyin to oxirgi turgacha faqat omad hisobiga g'alaba qozonishning imkoni yo'q edi. 

Tan olish kerak, Zidanga Yovich ham "yoqmayapti". Franciyalik murabbiyga qolsa, u bilan transferlar oynasi vaqtida xayrlashardi, ammo serbiyalik klubda qoldi va Zidan professional sifatida unga imkon bermoqda. ECHLning 1-tur uchrashuvida ham Luka 59 daqiqa harakat qildi va aytarli hech nima qilolmadi. To'g'ri, istalgan futbolchiga ishonch bildirib, tarkibga qo'yaversa, uncha-muncha o'yinchi o'ynab ketadi, lekin Zidanda va "Real"da uncha vaqt yo'q. Natija uchun murabbiy javobgar va uning falsafasiga, qarashlariga mos kelmaydigan o'yinchi bilan Zidandan avvalgi murabbiylar ham xayrlashgan. "Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi" deyishadi-ku... Demak, Zidan Luka Yovichning o'yiniga shaydo bo'lolmagan. 

"Real"ning hozirgi tarkibi... Etakchi qani? 

"Real Madrid"ning hozirgi tarkibi ham istalgan grand bilan nomlar bo'yicha kurasha oladi deyilgan fikrdagilarga savol: "Hozirgi tarkibda yaqqol etakchi kim?". 34 yoshdagi himoyachi Serxio Ramosmi? Yarim himoya yoki hujumda-chi? Axir barcha sovrinlar uchun kurashishi kerak bo'lgan top klub qanchalik goleador bo'lmasin, himoyachining samarali harakatlariga ishonibgina maydonga tushmaydi-ku. 

Marselo (32 yosh), Luka Modrich (35 yosh), Toni Kroos (30 yosh, 4 yanvarda 31ga to'ladi), Benzema (32 yosh). Birinchidan, katta ehtimol bilan bu futbolchilar faoliyatining eng yuqori cho'qqisidan o'tib bo'ldi. Eng omadli mavsumlarda ham "Real Madrid"da ular yaqqol etakchi bo'lishmagan, kuchli jamoaning kuchli azosi edilar. Endi tarkibning ikkinchi qismiga etibor beraylik, Martin Edegor (21 yosh, Madridda chinakam o'ynaydigan birinchi mavsumini o'tkazmoqda), Fede Valverde (22 yosh), Vinisius Junior (20 yosh). Bu bilan nima demoqchimiz? "Madrid"ning hozirgi tarkibi yo g'alabalardan "to'ygan" va faoliyatining yorqin davrini ortda qoldirgan futbolchilar, yo endi top darajaga chiqayotganlardan iborat bo'lib qolmoqda. Bu fikrga qarshilar, hozirgi tarkibda chinakam etakchini topib bera olasizmi?

Katta inqirozlar haqida gapirishga hojat yo'q, inqiroz davrida Leo Messisi bor "Barselona" ishtirok etayotgan La Ligada ishonchli chempionlik qo'lga kiritilmaydi! Bu "Real"ga bir-ikki yangi futbolchi va muhimi hujumlarda og'irlikni o'z elkasiga oladigan etakchi bo'lsa bas! 

Zidanning avvalgi va bugungi jamoasi o'rtasidagi asosiy farq ana shunda!  

Hafta yakunidagi "El Klasiko"ni esa baribir o'tkazib yubormang. Ronaldu ketdi, ehtimol Messi uchun oxirgi "to'qnashuv"ni yaxshisi o'tkazib yubormagan maqul. Ha, bo'lajak "Klasiko"ga qiziqish avvalgi yillardagidek emasligini tan olmasdan iloj yo'q, ammo bu ikki jamoa to'qnashuvi hech qachon zerikarli bo'lmaydi, gollar shousi o'xshamasa, hech bo'lmasa futbolchilar maydonda "jang" qilishadi. Axir "Real" va "Barsa", "Barsa" va "Real" dunyoni ikkiga bo'lib turuvchi klublar :)

Nima bo'lganda ham asablaringizni asrang, futbol — undan zavq olishingiz uchun o'ylab topilgan!

BestMaster
22 Oktyabr 2020, 12:15
qadam, ortga, chekinmoqda, oldinga, ikki, qadam, tashlash, uchun,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads