"Real" yarim himoyachisi Evropa chempionlar ligasi 1-turi doirasida bo'lib o'tgan «Shaxtyor»ga qarshi o'yin (2:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Kimnidir ayblashdan yiroqman. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. "Real" o'yinni yomon boshladi. Keyin esa o'yinimizni kuchaytirdik. Ammo bu vaziyatni o'zgartirish uchun etarli bo'lmadi.
Zidan bizga tanaffusdan keyin yaxshi o'yin ko'rsatib, raqibga bosim o'tkazish kerakligini aytdi. Bu og'ir mag'lubiyat bo'ldi, ammo oldinda uchrashuvlar ko'p", — dedi Modrich.