«Real» yarim himoyachisi Vinisius Junior Evropa chempionlar ligasi 1-turi doirasida bo'lib o'tgan «Shaxtyor»ga qarshi o'yin (2:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bugun yomon o'ynadik. Bunga barchamiz aybdormiz, lekin hozir bu haqda gapirish qiyin. Biz murabbiyning ko'rsatmalarini bajarmadik. Hech kim o'z vazifasini bajara olmadi. Sidqidildan ishlashda davom etishimiz kerak», – dedi Vinisius.