"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Shaxtyor"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:3) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Birinchi golda himoyada xatoga yo'l qo'ydik. "Real" o'yinchilarida o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi. Shunga qaramay, futbolchilar mag'lubiyatdan chiqib ketish uchun qilgan harakatlari menga yoqdi. Biz mag'lubiyatga munosib emasdik.
Bu muvaffaqiyatsiz uchrashuv bo'ldi. Murabbiy sifatida men bunga echim topishim kerak. Birinchi bo'limda bizda hech narsa o'xshamadi. "Barselona"ga qarshi o'yinda barchasini o'zgartirishga harakat qilaman. Futbolchilarim uchun afsusdaman. Chunki, ular bunga munosib emasdi. Ular menga ko'p g'alabalarni taqdim etishgan. Hozir bizda barchasi yomon, ammo ertaga yangi kun boshlanadi. Men kelajakka optimistik ruh bilan qarayapman", - dedi Zidan.
Ispaniya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.