“Bu CHLning boshlanishi. Hayajon bor edi. Birinchi taymda o'z o'yinimizni ko'rsatib, uchta gol urdik. Ilk bo'limdayoq hammasini hal qildik. Bahsga kuchli tayyorgarlik ko'rgandim. Debyut – xavotir bor edi. Yaxshi o'ynashni istadim. Asabiylashganim tufayli ertaroq sariq kartochka oldim.
Nazarimda, “Real” bizga etarlicha baho bermagandek maydonga tushdi. Biroq, biz o'z o'yinimiz, uslubimizni ko'rsatdik. 2 ta gol o'tkazib yuborganimizdan keyin esa diqqatni bir erga jamlashimiz kerak edi, pala-partishlik yuzaga kelgandi. Ammo biz buni uddalik”, deydi Kornienko.