Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. "Real" - "SHaxtyor" 2:3 (Matnli translyaciya)

CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-tur bahslari davom etadi. Bugun Doneckning "SHaxtyor" klubi Madridda mehmon bo'lmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

GOOOOOL! SHu daqiqaning o'zidayoq Vinni to'pni darvozaga yo'lladi. 

59-daqiqa. Luka Yovichning o'rniga maydonga Vinisius tushdi.  

55-daqiqa. "Real" gol urib, bir daqiqaga nafas oldi shekilli, "SHaxter" shu ondayoq hujumga o'tib, xavfli vaziyat yarata oldi. Kornienko qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va Tete uchun juda qulay vaziyat yaratib berdi, ammo hujumchining zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Mehmonlar "Real Madrid" himoyachilarini ko'rdim demay, aldab ketishmoqda. Ramosning yo'qligi baribir sezilayotgandek.

54-daqiqa. GOOOOOL! Navbatdagi urinishdan keyin Luka Modrichdan ajoyib gol!

53-daqiqa. "Real" ishga jiddiy kirishdi. Bosim soniya sayin ortib bormoqda. 

52-daqiqa. Kazemiro to'pni raqibdan olib qo'ydi va Ferlan Mendiga etkazdi, u to'pni qanotdan jarima maydoniga yo'lladi, lekin Luka Yovich unga eta olmadi, hujum yakunlaymay qoldi.  

49-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi ilk burchak to'pini "qirollik klubi" amalga oshirdi, lekin Zidan shogirdlari undan naf chiqara olishmadi. Keyin Eder Militao raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi.   

47-daqiqa. Yana Tete Kurtua bilan "uchrashuvga" chiqib ketayotgandi, Militao bir amallab to'pni uning oyoqlari ostidan tepib yubordi.  

47-daqiqa. Hisobda ortda qolayotgan mezbonlar darhol oldinga tashlanishdi. Mendining uzatmasidan keyin Karim to'p uchun kurashmoqchi edi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qo'shimchasiga hakam franciyalik hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligini malum qildi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridan Karim Benzema o'yinga qo'shiladigan bo'ldi. U Rodrigoni almashtirdi.  

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hech kim kutmagan natija qayd etilmoqda. Albatta, tanaffusda Zidan shogirdlariga "shirin" gaplar aytadi va biz boshqacharoq ikkinchi taymni ko'rsak kerak. Hozircha ukrainaliklarning "ketmoni uchmoqda". Uyog'ini vaqt ko'rsatadi.   

45+1-daqiqa. Yana Mendi qanotdan oldinga o'tib, jarima maydoni ichidagi Yovichni izladi, ammo yosh posbon to'pga chiqib kelib, ishonchli harakat qildi.    

45-daqiqa. "Real" hujum qilishga urinmoqda, lekin... Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Qirollik klubi" muxlislari qolganlardan xafa bo'lishmasin. Jamoaning, ayniqsa, himoyachilarning bugungi o'yini aksar tomoshabinni kamida xayron qoldirayotgani aniq.    

42-daqiqa. GOOOOOOL! Yana "SHaxter" gol urdi :) Manor Solomon raqib himoyasi markazida bo'sh qolgan hududga yorib kirdi va Kurtuaga imkon qoldirmadi. 

39-daqiqa. Birinchi bo'lim deyarli yakunlandi. "Real Madrid" ikkita to'p farqi bilan ortda qolmoqda, ammo gol uyoqda tursin, chinakamiga xavfli vaziyat yaratishning ham imkoni bo'lmayapti.  

36-daqiqa. Ferlan Mendi o'zi uchun noodatiy o'ng qanotda ham ancha faol. Bu safar ham franciyalik himoyachi bir raqibini aldab, oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo niyatiga eta olmadi.  

Jamoalar nomining o'zi ham ispanlarni favoritga aylantirardi, tarkibdagi muammolardan keyin ko'pchilik "Real" "El Klasiko"dan avval mashg'ulot-uchrashuvini o'tkazarkanda degandi, lekin amalda esa...  

32-daqiqa. GOOOOOOOL! Ana xoloooos! Bunaqasini hech kim kutmagan bo'lsa kerak. Nazarimizda Varan o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 

29-daqiqa. GOOOOOL! Hisobni mehmonlar ochdi! Kornienko chap qanotdan oldinga o'tib bordi va jarima maydonigacha kirib kelib, to'pni yanada qulayroq vaziyatda turgan sherigiga etkazdi hamda Tete jamoasini oldinga olib chiqdi. 

27-daqiqa. "SHaxter" yana uzoq masofaga to'p oshirishi bilan vaziyat yaratishni niyat qilgandi, lekin Kurtua raqib rejalarini "o'qiy oldi".  

26-daqiqa. "Qirollik klubi"ning "Kadis"ga qarshi o'yini ko'rgan muxlislar sezgan bo'lishsa kerak, huddiki Zizu shogirdlari o'sha o'yinni davom ettirayotgandek. 

23-daqiqa. "Madrid" to'pni asosan maydon markaziga yaqin hududda nazorat qilmoqda. 

21-daqiqa. Marseloga nisbatan qoida buzildi. Luka Modrich va Asensio to'pni o'yinga kiritib, keyin uni havodan jarima maydoniga etkazib berishga urinishdi, lekin jarima maydonchasi ichidagi kurashda to'p "Real" futbolchisi qo'liga tegdi.   

20-daqiqa. Marselo o'z qanotidan biroz oldinga o'tdi va Yovichni to'p bilan taminlashga urindi, lekin himoyachilar raqibga imkon qoldirishmadi.  

19-daqiqa. O'yinning starti ortda qolib, oxirgi bir necha daqiqada "SHaxter" ancha ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Bazi pallalarda hattoki nomdor raqib bilan tengma-teng o'yin ko'rsata olmoqda.  

17-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasi. Uni mehmonlar amalga oshirdi, lekin to'p uchun kurashda himoyachi qoidani buzgani malum bo'ldi.  

15-daqiqa. Hozircha "Real" himoyadan hujumga chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Ukrainaliklar tezkor qarshi zarbalar bilan "qaymoqranglilar"ni shoshirib qo'ya olmoqda.  

13-daqiqa. Qanday vaziyayayayat?!! Maydon markazidan ajoyib uzatmadan keyin Marlos va Salomon Kurtua bilan uchrashuvga chiqib bordi, ammo braziliyalik to'pni "qizg'ondi" hamda Tibo to'pni oyoqlari bilan qaytarishga erishdi. O'yindagi eng xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi.   

11-daqiqa. "SHaxter" o'ng qanotdan hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Marlos vaziyatni cho'zib yuborgani sabab, ish zarbagacha bormadi.

8-daqiqa. Ferlan Mendiga nisbatan qo'pollik uchun jarima zarbasi belgilandi. Luka Modrichning uzatmasidan keyin hujumga kelgan Rafael Varan to'pga eta olmadi.  

5-daqiqa. Nihoyat "SHaxter" futbolchilari to'pni o'zlarida saqlab qolishdi va bir nechta to'p oshirishini aniq etkazib berishdi. Yaqqol vaziyatgacha ish bormadi hali.  

4-daqiqa. Mendining faolligidan keyin Asensio imkoniyatga ega bo'ldi, lekin uning zarbasidan keyin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Keyingi urinishda Marselodan to'pni qabul qilgan Marko yana zarba berdi, bu safar posbon ishonchli o'yin ko'rsatdi. 

3-daqiqa. Hozircha o'yin maydonning "SHaxter" yarmida o'tmoqda. Mezbonlar sekin-asta raqib darvozasi tomon yo'l izlash bilan ovvora, "konchilar" esa tezkor gol o'tkazib yubormaslik niyatida harakat qilishmoqda.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Stadion o'yinni qabul qilishga tayyor, muxlislar hozircha o'yinlarga kiritilmayapti. Zaxiradagi futbolchilar ham sekin asta joylarini egallashmoqda.

Mana, asosiy tarkib azolari ham maydonga tushib kelishdi va ECHL madhiyasi yangramoqda. 

SHu o'rinda mehmonlar tarkibida bir nechta yo'qotish borligini takidlash lozim. Natijada bugun "SHaxter" darvozasini hali maktabni bitirmagan Trubin qo'riqlaydi.

Ko'pchilik uchun kutilmagan holat, Karim Benzema zaxirada qoldirilgan va Luka Yovich o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. 

 

Real Madrid

Luka Modric - 54', Vinicius Junior - 59'

Champions League Grp. B . 1-tur

21/10/2020, 21:55

3 : 2 2-bo'lim

Shakhtar Donetsk

Tete - 29', Raphael Varane - 33', Manor Solomon - 42'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Srdjan Jovanovic

BestMaster
21 Oktyabr 2020, 23:15
live , echl, real, shaxtyor, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads