Soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda gumonlanayotgan Krishtianu Ronaldu sud mahkamasidan qutulib qolishi mumkin.
«Real» hujumchisiga nisbatan bu boradagi surishtiruv ishlari 2015 yil dekabr oyida boshlangan. Agar 30 iyun kunigacha prokuror unga rasmiy ayblovni e'lon qilmasa, Ronaldudan barcha ayblovlar olib tashlanadi, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Avvalroq, Football Leaks va El Mundo Ronaldu tomonidan reklamadan ishlab topgan 150 mln evro mablag' offshor kompaniyalar orqali yashirilgani va bor yo'g'i 5,6 mln evro (4%) soliq to'langani haqida xabar bergandi.