Germaniyalik futbolchi chap oyog'idagi jarohatidan forig' bo'ldi.
Kecha Madridning "Real" klubi MLS yulduzlariga qarshi so'nggi o'rtoqlik o'yini uchun mashg'ulotlarni boshladi. Mashg'ulotlarda jarohatidan qutilib safga qaytgan Toni Kroos ham ishtirok etdi. Qolgan barcha futbolchilar to'liq mashg'ulotda ishtirok etishdi, Krishtianu Ronaldudan tashqari. Shuningdek, Serhio Ramos yakka tartibda shug'ullandi.