Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos jamoaning seshanba kuni bo'lib o'tgan ertalabki mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
34 yoshli ispaniyalik himoyachi La Liga doirasida «Kadis» (0:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv davomida tizzasi bezovta qilgandi. Keyinroq test natijalari uning jarohati jiddiy emasligini ko'rsatgandi.
Biroq, Ramos chorshanba kuni EChL doirasida «Shaxtyor» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Avvalroq, Ramosning asosiy maqsadi – shanba kuni «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyor bo'lish ekanligi haqida xabar berilgandi.