Manbaga ko'ra, "Yuventus" "Real" yarim himoyachisi Isko bilan shartnoma imzolamoqchi.
Turin klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo 28 yoshli futbolchining transferiga shaxsan qiziqmoqda.
Klub futbolchini o'tgan transfer oynasi vaqtida sotib olishni xohlagan edi, ammo katta ehtimol bilan kelishuv yanvarga qoldiriladi.
Ma'lumot uchun, "Real" Isko uchun 40 million evro talab qilmoqda.