"Qirollik klubi" Marseloning jismoniy holatidan norozi. Yaqinda braziliyalik himoyachi "Real" bilan hamkorlikni to'xtatib, MLSga yo'l olishi mumkinligi haqida yangiliklar paydo bo'lgan edi.
Bunday holatda Madrid grandi "Tottenxem"dan Serxio Regilonni qaytarish variantini faollashtiradi. Xabarigiz bor, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi sentyabr oyida "shporlar"ga sotib yuborilgan edi (30 mln evro), ammo "qaymoqranglilar" Serxioni qayta xarid qilish huquqini saqlab qolishgan.
2020/21 yilgi mavsumda 4 ta o'yin o'tkazgan Regilon 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.