«Barselona» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldoning fikricha, «Real» yarim himoyachisi Isko jamoani tark etishi kerak.
Isko Ispaniya chempionatining dastlabki 4ta o'yinida umumiy hisobda maydonda 147 daqiqa harakat qildi.
«Isko Xames Rodriges bilan bog'liq vaziyatdan o'rnak olishi kerak. Kolumbiyalik futbolchi "Everton" bilan Angliya chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Isko ham kelajakda shunday qadam tashlasa hayron qolmagan bo'lardim. Ishonchim komil, Isko Xamesni kuzatib bormoqda. Rodriges "Real"ni tark etib to'g'ri qarorga kelganini isbotlamoqda. U yangi jamoa safida asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va o'zining eng yuqori formasiga qaytmoqda. Agar Zidan bundan keyin ham Iskoga etarli o'yin amaliyotini bermasa, futbolchi shunday qaror haqida o'ylab ko'rishi kerak», — dedi Rivaldo.
Ma'lumot o'rnida. Xames Rodriges «Everton» safiga o'tganidan keyin 6ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.