"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Kadis"ga qarshi o'yindan keyin yakshanba kuni mashg'ulot o'tkazdi. Shundan so'ng frantsiyalik mutaxassis shanba kungi bahsda o'yinchilarga nima etishmaganini tushuntirdi.
Murabbiyning fikricha, "Kadis"ga qarshi o'yinda futbolchilarga intensivlik va uchrashuvga bo'lgan munosabat etishmagan. Bunday harakat bilan maydonga chiqish mumkin emasligini Zidan alohida ta'kidladi va jamoani ogohlantirdi.
Mutaxassis hech bir futbolchiga alohida to'xtalmadi. Zidan o'yinchilardan jangovarlik va yakdillik ruhiyatini saqlab qolishga chaqirdi.
Suhbat davomida Serxio Ramos, Toni Kroos va Luka Modrich kabi etakchi o'yinchilar so'zga chiqib, jamoadoshlaridan keyingi bahslarda intensivlik va yakdillikni saqlab qolishni so'rashdi.
Jamoa va Zidan o'rtasidagi munosabat normal holatda qolmoqda. Chunki, o'yinchilar "Kadis"ga qarshi o'yindagi o'z ayblarini his qilishdi. Jamoa "Shaxtyor"ga qarshi bahsda eng yaxshi o'yinni namoyish etishga kelishib olishdi.