Braziliyalik futbolchi MLS klublaridan biriga o'tish uchun shartnomasini muddatidan oldin bekor qilmoqchi. U keyingi yozda "Real"dan ketishga harakat qilib ko'radi. Ayni paytda Marselo "Inter Mayami" safiga qo'shilishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.