Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin vaqtlar ichida Garet Beyl jamoadagi debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkinligini aytdi.
"Beyl bilan birinchi marta ko'rishganimda, u uchun qaysi pozitsiya qulay ekanligini so'ragandim. O'ng qanotda o'ynashni yoqtirishini aytgandi. U endi hujumda ham o'yamaydi, faoliyatini boshida o'ynagan chap qanotida ham o'ynamaydi.
U avvalgi formasiga qaytib olsa, "Real"ga endi kelib qo'shilgan Beylni ko'rishimiz mumkin.
Shubhasiz, Beyl yakshanba kuni "Vest Xem" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Agar bu voqea yakshanba kuni sodir bo'lmasa, u holda EL doirasida LASK klubiga qarshi maydonga tushadi. Tarkibimizda o'ynashni intizorlik bilan kutmoqda. Tarkibimizga kelib qo'shilgan kuniyoq maydonga tushishni intizorlik bilan kutayotganini yashirmagandi, ammo, bu o'sha paytda mumkin emasdi.
U mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda, ehtimol avvallari jarohat sababli mashg'ulotlarda qatnashmagani uchundir. Har bir futbolchi biz uchunmuhim, biroq, tarixni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, Garet bilan bog'liq vaziyat alohida", - dedi Mourino Marca nashri bilan suhbatda.