Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua o'z maydonida «Kadis» (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Murabbiyimiz tanaffus paytida to'rtta o'yinchi almashtirishni amalga oshirdi va ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etishni boshladik, lekin gol kiritishni uddalay olmadik. «Kadis» – yaxshi tashkil etilgan jamoa, ularning 11 nafar futbolchilari maydonning o'zlariga tegishli bo'lgan qismida juda yaxshi himoyalanishdi.
Ushbu mag'lubiyatni tushuntirish qiyin, biz o'zaro gaplashib olishimiz kerak. Bu o'zimizni oqlash emas, lekin terma jamoalar yig'iniga ketgan futbolchilarning barchasi yaqindagina klub ixtiyoriga etib keldik va faqatgina kecha umumiy mashg'ulotlarda to'liq tarkib bilan ishtirok etdik. Biz uchta o'yindan gol ura olmayapmiz, biroq, o'yin omadsiz yakunlanganida bu himoyaga ham, hujumga ham ta'sir qiladi.
Mag'lubiyat har doim uyg'onishimizga yordam beradi. Hech bo'lmaganda uydagi har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Endi "El Klasiko" oldidan «Shaxtyor» [EChL doirasidagi o'yin] klubini mag'lub etishimiz shart», – dedi Kurtua Movistar bilan intervyuda.