Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta La Liganing 6-tur doirasida «Xetafe» (0:1) klubidan qabul qilib olingan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Birinchi bo'limning so'nggi «Xetafe» klubi himoyachisi Allan Nom «Barselona» sardori Lionel Messining yuziga tirsagi bilan zarba bergandi, biroq, ushbu vaziyat uchrashuv bosh hakami Sesar Soto Grado tomonidan e'tibordan chetda qoldirildi.
«Messiga tirsagi bilan zarba berishdi! Bu qizil kartochkaga tortadigan vaziyat, lekin, hatto sariq kartochka ham ko'rsatilmadi! Aftidan, «Real» mag'lubiyatga uchragani uchun g'azablangan ko'rinadi. Oldinda yana ko'plab ishlar turibdi», – dedi Laporta.