Braziliyaning "Santos" klubi "Real" va"Manchester Siti" klublarining sobiq hujumchisi Robino bilan shartnomani to'xtatib qo'ydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
2017 yili futbolchi 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Sud Robinoni albaniyalik qizni guruh bo'lib zo'rlaganlikda aybdor deb topdi. Hujumchi Sud hukmi ustidan shikoyat bildirgan va uning ishi haligacha davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Robino "Santos" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U ushbu jamoa tarkibida 158 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol kiritgan.
Shuningdek, Robino "Real", "Manchester Siti", "Milan", "Guanchjou" va Turkiyaning bir qator klublarida to'p surgan.
Forvard "Santos" safiga 11 oktyabr kuni borib qo'shilgandi. U "Santos" tarkibida oyiga 271 AQSh dollari maosh olardi.