Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Ispaniya grandlarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. «Barselona» va «Real» klublari "mankunianlar"ning portugaliyalik etakchi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Fernandesh jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan munosabatlarini yomonlashtirib oldi. Shu sababli, La Liganing ikki gegemon klubi ushbu vaziyatdan unumli foydalanmoqchi.