"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges uni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
Bugun portugaliyalik futbolchi Ispaniya sudida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik ishi bo'yicha ko'rsatma bergan edi.
"Yuz berayotgan hodisalar tezda unut bo'ladi, voqea esa tarixga aylanadi" - deb yozdi Jorjina instagram sahifasida.