"Real" darvozaoni Tibo Kurtua jamoaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Bu muxlislar tomonidan tan olinish belgisi. O'ylashimcha, bunda butun jamoaning hissasi mavjud. Keyingi o'yinlarda ham jamoaning g'alaba qozonishida yordam beraman, deb umid qilaman", — dedi belgiyalik darvozabon sovrinni qabul qilgach.
28 yoshli futbolchi o'tgan oyda 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol o'tkazdi. Ikkita bahsda u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.