«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen 24 oktyabr kuni «Real»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.
Hozirda germaniyalik posbon operatsiyadan keyin tiklanish jarayonini o'tamoqda.
«U keyingi haftada maydonga tushishga tayyor bo'lishiga ko'zim etmaydi. Uning qachon maydonga qaytishi borasida aniq ma'lumot yo'q. Biz uning tiklanish jarayonini kuzatib boramiz», – dedi Kuman.